Иссиқхонада помидор ёки бодринг етиштириш бўйича тавсиялар

 Аҳолини йилнинг кеч куз, қиш ва эрта баҳор ойларида сабзавот маҳсулотлари билан таъминлашда ҳимояланган майдон, яъни иссиқхона сабзавотчилиги муҳим аҳамиятга эга.

Қишки-баҳорги мавсумда помидор кўчатларини етиштириш учун катталиги 10х10 см бўлган кассета, торф ёки полимер тувакчалардан фойдаланилади. Кўчатларни тайёрлашга декабрнинг биринчи ўн кунлигидан киришилади. Ҳозирда помидор кўчатларини макро ва микроўғитлар билан тўйинтирилган торфда етиштириш яхши натижа бермоқда.

#online

Сайёр қабул – мурожаатлар ва муаммолар ечими

Наманган тумани ҳокими Садритдин Мўминов, 1 -сектор ҳудуди бўлган, 2-сонли касб-хунар   мактаб биносида навбатдаги фуқаролар қабулини ўтказди.

Қабул давомида фуқаролар томонидан уй-жой, тадбиркорлик, моддий ёрдам, ер муносабатлари, кредит, тиббий хизмат, иш билан таъминланиш билан боғлиқ билдирилган бир қанча масалалар туман ҳокими томонидан диққат билан тингланди.

Таҳсил олаётган талабаларга таълим кредити бериш тартиби ҳақида хабардормисиз?

 

Мамлакатимизда амалга оширилаётган кенг кўламли ислоҳотларда ёшларнинг фаол иштирокини таъминлаш, юксак маънавиятли, мустақил ва эркин фикрлайдиган, замонавий илм-фан ютуқларини пухта ўзлаштирган ҳар томонлама соғлом ва баркамол авлодни вояга етказишга қаратилган ёшларга оид давлат сиёсати изчил амалга оширилмоқда.

Шу мақсадда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 18 августдаги 527-сон қарори билан тасдиқланган “Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги ҳузуридаги Таълим кредитини молиялаштириш жамғармаси ҳисобидан тижорат банклари орқали олий таълим ташкилотларида тўлов-контракт асосида ўқиш учун таълим кредитларини ажратиш тартиби тўғрисида”ги Низом қабул қилинди.

Mulk huquqingiz e`tirof etiladi.

 

Er va uy-joyga ega bo`lish insonni mulkiy jihatdan ta`minlanganligi, himoya qo`rg`oniga egaligi, mulkini erkin tasarruf qila olishi  va kelajak avlodlarga meros qilib qoldirilishi mumkin bo`lgan mulk huquqi xisoblanadi.

Har bir fuqaro yashash joyiga egalik qilishni xohlaydi, biroq hammani ham uy-joyiga bo`lgan huquqi qonuniy hujjatlarga muvofiq amalga oshirilmagan.

 Mamlakatimiz fuqarolarini ko`p yillar davomida qiynab kelayotgan masalaga  2024-yil 5-avgust kuni “O`zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo`lgan huquqlarni e`tirof etish to`g`risida”gi O`RQ-937-sonli Qonuni qabul qilinishi orqali eychim topildi.

Ushbu Qonunning maqsadi o`zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo`lgan huquqlarni e`tirof etish bilan bog`liq munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

Mazkur qonun 2024-yilning  8-noyabr kunidan qonuniy kuchga kirdi.

Qonunga muvofiq vakolatli tashkilotlardan tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida har-bir hududda xatlov ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur reja-jadvalga asosan 2024-2025-yillar uchun hududiy hokimlarining taklifiga ko`ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlandi. Shunga ko`ra 2024-yilda respublikamizning barcha tuman va shaharlarida   mahallalarni qamrab olish rejalashtirilgan. Ushbu reja-jadval Kadastr agentligining kadastr.uz saytida e`lon qilindi.  

Kadastr agentligining "Geoinfocom" Davlat muassasasi tomonidan O`zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo`lgan huquqlarni e`tirof etish axborot tizimi — "E`TIROF" AAT dasturi ishlab chiqildi.

Qonunning 14-moddasiga asosan vakolatli tashkilotlardan tegishli ma`lumotlarni va hujjatlarni o`zlarining axborot tizimlaridan “E`TIROF” dasturiga integratsiya qilgan holda elektron ravishda taqdim etilishi yo`lga qo`yilgan. “E`TIROF” AATga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi (IIP) orqali integratsiya qilingan tashkilotlar quyidagilar yani:- Davlat aktivlarini boshqarish agentligi – yakka tartibdagi uy-joylar xususiylashtirilganligi yoki xususiylashtirilmaganligi to`g`risidagi servisi; -Soliq qo`mitasi – mol-mulk solig`i bo`yicha qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish servisi;- Adliya vazirligi – “E-qaror” yagona elektron tizimi;-“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi – Yagona identifikatsiya tizimi (One ID) va Yagona billing tizimi;- Ijtimoiy himoya milliy agentligi – “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi hamda Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari to`g`risidagi ma`lumotlar;- “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi; - Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi – Yagona milliy mehnat tizimi;- Kadastr agentligining ichki tizimlari – Ko`chmas mulkni hisobga olish va ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish maqsadlarida foydalaniladigan integratsion axborot tizimi (UZKAD) hamda Yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, hujjatlar to`plamini shakllantirish va ularni ko`rib chiqish monitoringini yuritish (“E-YER NAZORAT” AAT)lar hisoblanadi.

Ushbu jarayonlar ochiq va shaffof bo`lishini ta`minlash maqsadida "E`TIROF" dasturida barcha jarayonlarni aholi ko`rib, kuzatib borishi mumkin. Tasdiqlangan reja-jadval bo`yicha xatlovdan o`tkazilgan mahallalarni hamda har bir obyekt to`g`risidagi ma`lumotlar e`longa chiqariladi hamda ushbu obyektga tegishli davlat idoralari tomonidan berilgan ijobiy yoki salbiy xulosalarni onlayn ko`rish, xulosadan norozi bo`lgan taqdirda 1 oy ichida e`tiroz bildirish imkoniyati yaratildi. "E`TIROF" AAT barcha uchun ochiq platform bo`lib, tizimga etirof.kadastr.uz saytidan ro`yxatdan o`tgan holda kirish va kuzatish imkoniyati mavjud.

Xulosa qilganda ushbu qonun fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining o`zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqi hamda ularda qurilgan uy-joy, boshqa bino va inshoot yoki ko`chmas mulk obyektlariga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtirilishi uchun huquqiy asoslar yaratadi.Shi bilan birga  jamiyatdagi mulk huquqi bilan bog`liq munosabatlarni tartibga solish bilan bir qatorda, ijtimoiy masalalarda aholini qiynab kelayotgan muammolarini bartaraf qilishga xizmat qiladi.

 

 

Yangi Namangan tuman

adliya bo`limi  Yuridik xizmat

ko`rsatish markazi boshligi                                   M.K.Melixanova

                   SUD SOHASIDA MUHIM ISLOXOT

 

Sud-huquq islohotlari avvalambor fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini kafolatli taʼminlash, inson qadrini ulugʻlash kabi eng ezgu gʻoyalarni koʻzlab  amalga oshiriladi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 10-iyun kuni imzolangan “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni sudlar faoliyatida ochiqlik, shaffoflikni taʼminlash bilan bir qatorda, fuqaro va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytiradi.