Mulk huquqingiz e`tirof etiladi.
Er va uy-joyga ega bo`lish insonni mulkiy jihatdan ta`minlanganligi, himoya qo`rg`oniga egaligi, mulkini erkin tasarruf qila olishi va kelajak avlodlarga meros qilib qoldirilishi mumkin bo`lgan mulk huquqi xisoblanadi.
Har bir fuqaro yashash joyiga egalik qilishni xohlaydi, biroq hammani ham uy-joyiga bo`lgan huquqi qonuniy hujjatlarga muvofiq amalga oshirilmagan.
Mamlakatimiz fuqarolarini ko`p yillar davomida qiynab kelayotgan masalaga 2024-yil 5-avgust kuni “O`zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo`lgan huquqlarni e`tirof etish to`g`risida”gi O`RQ-937-sonli Qonuni qabul qilinishi orqali eychim topildi.
Ushbu Qonunning maqsadi o`zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo`lgan huquqlarni e`tirof etish bilan bog`liq munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Mazkur qonun 2024-yilning 8-noyabr kunidan qonuniy kuchga kirdi.
Qonunga muvofiq vakolatli tashkilotlardan tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida har-bir hududda xatlov ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur reja-jadvalga asosan 2024-2025-yillar uchun hududiy hokimlarining taklifiga ko`ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlandi. Shunga ko`ra 2024-yilda respublikamizning barcha tuman va shaharlarida mahallalarni qamrab olish rejalashtirilgan. Ushbu reja-jadval Kadastr agentligining kadastr.uz saytida e`lon qilindi.
Kadastr agentligining "Geoinfocom" Davlat muassasasi tomonidan O`zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo`lgan huquqlarni e`tirof etish axborot tizimi — "E`TIROF" AAT dasturi ishlab chiqildi.
Qonunning 14-moddasiga asosan vakolatli tashkilotlardan tegishli ma`lumotlarni va hujjatlarni o`zlarining axborot tizimlaridan “E`TIROF” dasturiga integratsiya qilgan holda elektron ravishda taqdim etilishi yo`lga qo`yilgan. “E`TIROF” AATga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi (IIP) orqali integratsiya qilingan tashkilotlar quyidagilar yani:- Davlat aktivlarini boshqarish agentligi – yakka tartibdagi uy-joylar xususiylashtirilganligi yoki xususiylashtirilmaganligi to`g`risidagi servisi; -Soliq qo`mitasi – mol-mulk solig`i bo`yicha qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish servisi;- Adliya vazirligi – “E-qaror” yagona elektron tizimi;-“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi – Yagona identifikatsiya tizimi (One ID) va Yagona billing tizimi;- Ijtimoiy himoya milliy agentligi – “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi hamda Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari to`g`risidagi ma`lumotlar;- “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi; - Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi – Yagona milliy mehnat tizimi;- Kadastr agentligining ichki tizimlari – Ko`chmas mulkni hisobga olish va ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish maqsadlarida foydalaniladigan integratsion axborot tizimi (UZKAD) hamda Yerga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, hujjatlar to`plamini shakllantirish va ularni ko`rib chiqish monitoringini yuritish (“E-YER NAZORAT” AAT)lar hisoblanadi.
Ushbu jarayonlar ochiq va shaffof bo`lishini ta`minlash maqsadida "E`TIROF" dasturida barcha jarayonlarni aholi ko`rib, kuzatib borishi mumkin. Tasdiqlangan reja-jadval bo`yicha xatlovdan o`tkazilgan mahallalarni hamda har bir obyekt to`g`risidagi ma`lumotlar e`longa chiqariladi hamda ushbu obyektga tegishli davlat idoralari tomonidan berilgan ijobiy yoki salbiy xulosalarni onlayn ko`rish, xulosadan norozi bo`lgan taqdirda 1 oy ichida e`tiroz bildirish imkoniyati yaratildi. "E`TIROF" AAT barcha uchun ochiq platform bo`lib, tizimga etirof.kadastr.uz saytidan ro`yxatdan o`tgan holda kirish va kuzatish imkoniyati mavjud.
Xulosa qilganda ushbu qonun fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining o`zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqi hamda ularda qurilgan uy-joy, boshqa bino va inshoot yoki ko`chmas mulk obyektlariga nisbatan mulk huquqi rasmiylashtirilishi uchun huquqiy asoslar yaratadi.Shi bilan birga jamiyatdagi mulk huquqi bilan bog`liq munosabatlarni tartibga solish bilan bir qatorda, ijtimoiy masalalarda aholini qiynab kelayotgan muammolarini bartaraf qilishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tuman
adliya bo`limi Yuridik xizmat
ko`rsatish markazi boshligi M.K.Melixanova




