Namangan tumanida “Mahalla ligasi” musobaqasi tuman bosqichi bo`lib o`tdi

Bugun Namanagan tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabida mahallalarda yashovchi 30 yoshdan yuqori aholi o‘rtasida o‘tkaziladigan “Mahalla ligasi” sport musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Namangan tumani hokimi, O‘zbekiston “Mahallalar” uyushmasi Namangan tuman bo‘limi boshlig‘i, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi tuman sport maktabi direktori hamda boshqa bir qator mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.

Musobaqalarda tuman hududidagi 4 ta sektorga qarashli 50 ta mahallada istiqomat qiluvchi, sportga qiziquvchi 30 yoshdan katta fuqarolar faol ishtirok etmoqda.

Tadbirning asosiy maqsadi — mahallalarda yashayotgan o‘rta va katta yoshdagi aholini ommaviy sportga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashdan iborat.