✅Namanganda qizlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha DXX Kubogi viloyat bosqichi yakuniga yetdi
Davlat xavfsizlik xizmati Kubogi doirasida qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan mini-futbol musobaqasining Namangan viloyat bosqichi final bahslari yakunlandi. Bellashuvlar Davlatobod tumanidagi “Navbahor” futbol akademiyasining mini-futbol maydonida bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in va murosasiz ruhda kechgan final uchrashuvlari yakuniga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi:
🥇1-o‘rin – Namangan tumani “Qo‘qon Qishloq” jamoasi🥈2-o‘rin – Chust tumani “Mashhad” jamoasi🥉3-o‘rin – Uychi tumani “Yangi Hayot” jamoasi
Musobaqa qizlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda hududlararo sport aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi.




