Yozgi ta’til – mehnatga birinchi qadam!
“Mehnatga birinchi qadam” volontyorlik dasturi Namangan tumani Qorako'l MFY yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.
Dastur doirasida o‘nlab yoshlarimiz mohir hunarmandlar bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lib, o‘z ko‘zlari bilan ish jarayonini kuzatdi va bevosita ustozlardan kasb sir-asrorlarini o‘rganishga kirishdi.10 nafar yosh Xunarmadchilik bilan shug‘ullanishni boshladi.Ustoz-shogird an’anasi asosida yoshlar mehnat maydoniga ilk qadamlarini qo‘ymoqda. Bu tashabbus ularning kelajakdagi kasbiy yo‘lini tanlashda mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.




