#Sayyor qabul…

Bugun, 29-yanvar kuni Namangan Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Mudofaa ishlari boshqarmasi hamda tumanning tegishli idoralar rahbariyati tomonidan Namangan tumanida sayyor qabuli tashkil etildi.

Unda Harbiy prokuror adliya podpolkovnigi M. Bozormirzayev Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik B. Egamnazarov, viloyat Mudofaa ishlari boshqarma boshlig‘i podpolkovnik R. Xolmetov ishtirok etib, viloyat FVB tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchilar, ularning oila a’zolari, shuningdek fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi va bayon etilgan masalalar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Asosiy e’tibor murojaatlarni o‘z vaqtida hal etishga qaratilib, mutasaddilarga vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.