DEFOLIATSIYA NEGA KERAK?
Defoliatsiyani muddatida va sifatli oʻtkazilishi paxta terish mashinalarining samarali ishlashini va qoʻl terimida ish unumini 15-20 foizga oshishini taʼminlaydi, kuzgi boshoqli don ekinlarini sifatli ekib, erta undirib olishga qulay sharoit yaratadi. Aksincha, defoliatsiya sifatsiz oʻtkazilgan yoki umuman oʻtkazilmagan gʻoʻza qator orasiga ekilgan kuzgi bugʻdoy toʻliq unib chiqmaydi. Chunki, tuproqqa quyosh nurlarining yetarli tushmasligi natijasida maysalar nimjon, sargʻimtir rangda boʻlib, oʻz muddatida tuplamaydi, kasallikka tez chalinadi, binobarin daladan toʻliq koʻchat olish imkoniyati boy beriladi. Koʻsaklar ochilishi kechikayotgan, maydonlarda Etefon“ preparatlarini koʻsaklar 25-30% ochilgan davrda qoʻllash tavsiya etiladi.
Shu bilan birga havo haroratining pasayib, defoliatsiya kechikayotgan maydonlarda desikatsiya oʻtkazish tavsiya etiladi. Defoliantlar qattiq taʼsir etuvchi hamda yumshoq taʼsir etuvchi boʻlib ikkiga boʻlinadi. Qattiq taʼsir etuvchi defoliantlarga asosan xlorat magniy, xlorat natriy asosida ishlab chiqilgan defoliantlar kiradi. Yumshoq taʼsir etuvchi defoliantlarga ”Tidiazuron“ + ”Diuron" tarkibi asosida ishlab chiqilgan defoliantlar kiradi. Bu defoliantlar gʻoʻzaga yumshoq taʼsir etib, barglar yashilligicha toʻkiladi. Kichik koʻsaklar ham pishib yetiladi. Natijada qoʻshimcha hosil olinadi va terilgan paxtani ifloslantirmaslikka erishiladi.
Наманган вилояти Ўсимликлар карантин ва химояси бошкармаси Наманган туман инспекторлари: Эгамбердиев Анваржон




