QANDALA ZARARKUNANDASI

G’O’ZANING ZARARLI ORGANIZMLARGA QARSHI KURASH YUZASIDAN  “DOLRZAB 40 KUNLIKTADBIRINI UYUSHQOQLIK BILAN O’TKAZISH  MAQSADIDA   

                                  

Qandalalar (lotincha: Heteroptera), asl yarimqattiqqanotlilar — chala oʻzgarish (metamorfoz) bilan rivojlanadigan hasharotlar turkumi. 40 mingga yaqin turi maʼlum; quruqlikda, shuningdek, tropik va subtropiklardagi suv havzalarida yashaydi. Tanasining uz. I mm dan 12 sm gacha. Boshining ikki yonida murakkab (baʼzan tepa qismida yana oddiy) koʻzlari bor; 4, kamdankam 3—5 boʻgʻimli moʻylovi ipsimon, toʻgʻnogʻichsimon yoki dumaloq. Sanchibsoʻruvchi ogʻiz apparati boʻgʻimli xartumcha koʻrinishida. Qanotlari 2 juft. Old qanotlarining uchi pardasymon, tiniq, qolgan qismi kuchli xitiilashgan. Orqa qanotlari pardasimon, tiniq. 3 juft oyoqlari yurish, yugurish, shuningdek, hayot tarziga bogʻliq holda kavlash, suvda suzish, tutib olish va boshqalarga moslashgan. Koʻpchilik Q.ning orqa koʻkragining ikki yoni bilan 2 va 3juft oyoqlarining toslari oraligʻiga hid chiqaruvchi bez teshiklari ochilgan. Tuxumi, asosan, bochkasimon, noksimon, tuxumsimon boʻlib, uchki qismida qopqogʻi bor. Lichinkasining tashqi koʻrinishi va hayot tarzi yetuk Q.nikiga oʻxshash. Koʻpincha Q. yilda bir avlod beradi. Urgʻochisi tuxumini oʻsimlik yoki boshqa narsalar sirtiga, oʻsimlik toʻqimasi ichiga, baʼzilari (ayrim zararkunanda Q.) erkagining orqasiga (tuxumdan lichinka chiqqunga qadar erkagi koʻtarib yuradi) qoʻyadi. Odatda, yetuk Q. (soʻqir Q.ning faqat tuxumi) qishlaydi. Q. issiq va quruq iqlimli sharoitda yashashga juda yaxshi moslashgan.