Konstitutsiya – inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni huquqiy kafolatidir!

🔹 Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratish, aholi farovonligini yanada oshirish hamda barcha sohalarni liberallashtirish muhim omil sifatida qayd etilgan.

✅ Joriy yilning 29-mart kuni Namangan tuman adliya boʻlimi ishchi guruhi xodimlari tomonidan tuman pedagogika kollejida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonuni hamda joriy yilning 30-aprel kuni o‘tkazilishi belgilangan “Referendum” bo‘yicha targʻiboti tadbiri oʻtkazildi.

❗️Tadbir jarayonida Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, inson huquq va erkinliklari sezilarli darajada kengaytirilayotganligi ta’kidlandi.