Tuman xududidagi qishloq xo’jaligi va meliorativ texnikalarni shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik ko’rikdan o’tkazish haqida

 

22 fevral 2016  yil                                                                                                              Toshbuloq shaharchasi

 

      «Mahalliy  davlat hokimiyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuning  (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil 9-son, 320-modda) 6,25-moddalari va «Qishloq xo’jaligi va meliorativ texnikani, shuningdek  mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik ko’rikdan o’tkazish tartibi to’g’risida»gi Nizom ( ro’yxat raqami 2452, 2013 yil 25 aprel) (O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2013 yil., 17-son, 229-modda) talablaridan kelib chiqib, tumanda 2016 yil qishloq xo’jaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor punktlari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik ko’rikdan o’tkazish maqsadida,

 

Q A R O R  Q I L A M A N:

1.Tumandagi  mulkchilik shaklidan kat’iy nazar korxona, tashkilot, mashina traktor parki OAJlari, muqobil mashina traktor parklari, fermer xo’jaliklar va fuqarolarda mavjud bo’lgan qishloq xo’jaligi va meliorativ  texnikani,  shuningdek mashina-traktor  parklari, ustaxonalar va servis punktlarining  asbob -uskunalarini  xisobga olish va ularning texnik holatini yillik ko’rikdan o’tkazish bo’yicha komissiya tarkibi 1-ilovaga, texnik holatini yillik ko’rikdan o’tkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va ko’rsatilgan muddatlarda texnik ko’rikdan o’tkazilsin.

2. Texnik ko’rikdan o’tkazuvchi tuman komissiyasiga:

      Mulkchilik  shaklidan qatьiy nazar korxona, tashkilot, mashina traktor parki OAJlari, muqobil mashina traktor parklari , fermer xo’jaliklar va fuqarolarda mavjud bo’lgan qishlok xo’jaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini  yillik texnik ko’rikdan o’tkazish to’g’risidagi jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;

     mulkchilik shaklidan kat’iy nazar barcha rusumdagi qishloq xo’jalik va meliorativ yo’l qurilish texnika vositalarini yillik texnik ko’rikdan o’tkazish maydonchalariga yig’ish;

texnika ko’rikdan nosoz deb topilgan va texnik ko’rikka taqdim etilmagan   texniklarni, texnik talabga javob bermaydigan texnikalarini ishga jalb etilishiga yo’l qo’ymaslik;

     texnik ko’rik davomida qishloq xo’jaligi va meliorativ texnikani, shuningdek  mashina-traktor  parklari,  ustaxonalar va servis punktlarining  asbob-uskunalarini mavsumga tayorgarligi, har bir traktorchi-mashinistning tegishli texnikani boshqarish uchun ruhsat etilgan toifaning mavjudligi, texnikalarni o’rnatilgan tartib asosida ro’yxatdan o’tkazilganligi va boshqa talablarni amalga oshirish;

      texnik ko’rikdan o’tgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruhsat berishni tashkil kilish vazifasi topshirilsin.

3. Tumandagi barcha korxona, tashkilot, mashina traktor parki OAJlari, muqobil mashina traktor parklari, fermer xo’jaliklari rahbarlariga hisobida mavjud  bo’lgan qishloq ho’jaligi va meliorativ , yo’l qurilish texnikalarini, mashina asbob-uskunalarni texnik ko’rikdan o’tkazish uchun tayyorlab, belgilangan maydonchalarga yig’ish va texnik ko’rikga tegishli to’lovlarni to’lanishini taьminlash topshirilsin.

4. Texnik ko’rikdan o’tkazilgan har bir texnika uchun undirilgan yig’imni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi 23402000300100001010 hisob raqamiga   MMVB    XTTM    Toshkent  shahri, MFO: 00014, INN: 201122919,«Uzdavtexnazorat» inspektsiyasi SHXB 4014218600144017950100082001, INN: 200057080 hisob-raqamiga to’lanishini ta’minlansin.

5. Tuman hokimining birinchi o’rinbosari X.O’rinovga tumandagi korxona, tashkilot, mashina traktor parki ochik aktsiyadorlik jamiyati, muqobil mashina traktor parklari, fermer xo’jaliklari va fuqarolarda mavjud bo’lgan mulkchilik shaklidan qatьiy nazar qishloq ho’jaligi va meliorativ, yo’l qurilish texnikalarini, mashina asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini yillik texnik ko’rikdan o’tkazish bilan bog’lik bo’lgan yig’imlarni to’lashga amaliy yordam berish vazifasi topshirilsin.

6. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.

 

 

 

Tuman hokimi                                                                                                     Sh.Abdurazaqov