Tuman aholi punktlarining ko’chalaridan va xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llaridan foydalanish tartibini tasdiqlash to’g’risida

 

15 fevral 2016 yil                                                                                                            Toshbuloq shaharchasi

  

         O’zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo’llari to’g’risida”gi Qonuni, (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2007 y.,  40-son, 410-modda: 2014 yil, 50-sonli 588-modda) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19-avgustdagi “Umumiy foydalaniladigan avtomobilь yo’llari qurilishi va ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi PF-3292-sonli Farmonini hamda viloyat xokimining 2015 yil 28-martdagi 110-sonli qaroriga asosan tumandagi umum foydalanuvdagi aholi punktlarining ko’chalarida va xo’jaliklararo qishloq avtomobilь yo’llaridan foydalanish tartibini tashkil etishni ta’minlash maqsadida,              

 

Q A R O R    Q I L A M A N:

1. Tuman yo’l xo’jaligi pudrat ta’mirlash foydalanish korxonasi va tuman obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Tumandagi umum foydalanuvdagi aholi punktlarining ko’chalarida va xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llaridan foydalanish tartibini tashkil etishni ta’minlash haqidagi qoidalari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Tuman hokimining birinchi o’rinbosari (X.O’rinov),  tuman yo’l xo’jaligi pudrat ta’mirlash foydalanish korxonasi (T.Vaxobov), tuman obodonlashtirish boshqarmasi (M.Muxiddinov), fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda tuman xududidagi yo’llarni saqlash, ta’mirlash xamda obodonlashtirish tadbirlarini tashkil etib borsinlar.

3. Tuman yo’l xo’jaligi pudrat ta’mirlash foydalanish korxonasi (T.Vaxobov) va tuman obodonlashtirish boshqarmasi (M.Muxiddinov) tuman xududidagi umum foydalanuvdagi aholi punktlarining ko’chalaridan va xo’jaliklararo umumfoydalanish yo’llaridan to’g’ri foydalanishni tartibga solsinlar;

O’zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo’llari to’g’risida”gi qonuni va  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 19-avgustdagi “Umumiy foydalanadigan avtomobil yo’llari qurish va ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi PF-3292-sonli Farmoyishi talablari asosida hamda boshqa qonun xujjatlar talablariga qat’iy rioya qilgan holda ish tashkil etsinlar va amalga oshirilgan ishlar hamda qoidalar talablari buzilish holatlari yuzasidan har oyda tuman hokimligiga axborot taqdim etib borsinlar;

shahar va boshqa aholi punktlarining ko’chalarini loyihalash sohasidagi normalar hamda standartlarga rioya etilishini ta’minlash, transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqib tuman hokimligiga taqdim etish ishlarini amalga oshirish;

shahar va boshqa aholi punktlarining ko’chalarini shuningdek xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash xamda saqlashni ta’minlash;

shahar va aholi punktlarining ko’chalarini xisobotini yuritish vazifalari yuklatilsin.

4. Tuman Yer resurslari va davlat kadastr bo’limi (A.To’ychiev), tuman arxitektura va qurilish bo’limi (B.Qo’chqarov), tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi (N.Olimov) va tuman tabiatni muhofaza qilish inspektsiyasi (S.Shamsiddinov) ga:

O’z sohalari bo’yicha yo’llardan foydalanish va uni obodonlashtirish, yo’l chetlarini toza va ozoda sanitariya-gigiena va ekologiya qoidalariga qat’iy amal qilingan holda saqlash xamda yo’llarni kengaytirish hamda ta’mirlash bilan bog’liq bo’lgan ishlarga o’z vakolatlari doirasida amaliy yordam berib borsinlar.

5. Mazkur qaror “Istiqlol” gazetasida e’lon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.

6. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni tuman hokimining birinchi o’rinbosari  X.O’rinov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Tuman hokimi:                                                                                                Sh.Abdurazaqov