Uy va turar joyning inventar yig’ma jildidan olingan ma’lumotlar ayrim turlaridan ko’chirmalar va nusxalar berish tartibi to’g’risida

 

14  yanvar  2016 yil                                                                                                                Toshbuloq  shaharchasi

 

       O’zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasining uy- joy fondini davlat yo’li bilan  hisobga olish to’g’risida” 2000 yil 20 yanvardagi 18-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Yer rusurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri  davlat qo’mitasining “Ko’chmas mulk ob’ektlariga kadastr yig’ma jildini tayyorlash qoidalarini tasdiqlash to’g’risida” 2015 yil 22 oktyabrdagi 33-sonli qarori (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 3 noyabrda ro’yxatdan o’tkazilgan, ro’yxat raqami 2725)ga asosan O’zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi Qonunining 6, 25 moddalariga muvofiq,

 

Q A R O R    Q I L A M A N:

1. Uy va turar joyning inventar  yig’ma jildidan olingan ma’lumotlar ayrim turlaridan ko’chirmalar va  nusxalar berish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Tuman Yer tuzish va ko’chmas mulk kadastri davlat korxonasi (B.Axmadaliev) ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Uy va turar joyning inventar yig’ma jildidan olingan ma’lumotlar ayrim turlaridan ko’chirmalar va nusxalar berish tartibi” asosida ish yuritilishini ta’minlasin.

3. Mazkur qaror “Istiqlol” gazetasida e’lon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.

4.  Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

5. Mazkur qaror ijrosining nazorati qilishni tuman hokimining birinchi o’rinbosari X.O’rinov zimmasiga yuklatilsin.

 

 

 Tuman hokimi:                                                                                                                  Sh.Abdurazaqov