Umumiy ma`lumot
Umumiy ma'lumot
Namangan tumani 1926 yil 29 sentyabrda tashkil topgan bo’lib, uning umumiy maydoni 249,0 kv.km ga teng. Tuman chegarasining umumiy uzunligi 98,1 km. Chegaradosh xududlar Sharqda Andijon viloyati 8,9 km, Uychi tumani 25,02 km, Norin tumani 3,3 km, Janubda Mingbulok tumani 11,1 km, Garbda To’raqo’rg’on tumani 25,28 km, shimolda Kosonsoy tumani 10,16 km, Yangiqo’rg’on tumani 14,34 km.
Namangan tumani sug’oriladigan dehqonchilik regionidir. Uning hududidan G’irvonsoy, Namangansoy va Kosonsoy soylari o’tadi. Shimoliy Farg’ona kanali, Katta Namangan kanali va Yangi ariqdan qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda foydalaniladi.
Tuman territoriyasini Sharqiy tomonidan Norin daryo, janubiy tomonidan Sirdaryo oqib o’tadi.
Iqlimi quruq, suptropik, yozi issiq, yog’in-sochin kam (300-350), bug’lanish katta, qish qisqa va sovuq. Vegitatsiya davri 236 kun. Qulay iqlim sharoiti dehqonchilikni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
2015 yil 1 iyul xolatiga aholi soni 218736 kishiga teng. Tuman aholi soni bo’yicha viloyatda Namangan shahri va Chust tumanidan keyin uchinchi o’rinda turadi.
Tuman markazi - Toshbuloq shaharchasi. Toshbuloq shaharchasidan viloyat markazi bo’lgan Namangan shahrigacha 10 km.
Tuman xududida 10 ta shaharcha, 12 ta qishloq fuqarolar yig’ini, 41 ta qishloq aholi punktlari va 66 ta mahalla fuqarolar yig’inlari bor.
Tuman aholisining 33,3 foizini (73,0 ming kishi) 16 yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlar tashkil etadi. Mehnat resurslari umumiy aholining 52,6 foizini yoki 115.0 ming kishini tashkil etadi.
Aholining 6,8 foizi tuman markazi Toshbulok shaharchasida yashaydi. Tuman aholisining 49,5 foizini erkaklar, 50,5 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
Tumanda 17 millat vakillari yashaydi. Aholining umumiy miqdorida o’zbeklarning salmog’i 98.6 foiz, tojiklar 1,3 foizni tashkil etadi. Tuman bo’yicha oiladagi odamlar soni o’rtacha 4 kishini tashkil etadi.
Tuman aholisining o’rtacha zichligi 1 kv. km ga 878.5 kishiga to’g’ri keladi.
2015 yil 1 iyul xolatiga tumanda davlat ro’yxatidan o’tgan yuridik maqomga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi subyektlar soni 2559 tani, shundan faoliyat ko’rsatayotgan xo’jalik yurituvchi subyektlar soni 1832 tani, faoliyat ko’rsatmayotgan xo’jalik yurituvchi subyektlar soni(dehqon va fermer xo’jaliklarisiz) 141 tani tashkil etadi.
Mavjud 2559 ta xo’jalik yurituvchi subyeklardan 257 tasi sanoat, 131 tasi qurilish, 1272 tasi qishloq va o’rmon xo’jaligi, 59 tasi transport va aloqa, 454 tasi savdo va umumiy ovqatlanish, 64 tasi sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya, ijtimoiy ta’minot sohasida, 102 tasi ta’lim, madaniyat, fan va ilmiy xizmat ko’rsatish sohasida hamda 220 tasi boshqa yunalishda ochilgan korxonalarni tashkil etadi.
Tumanda 9 ta qo’shma korxona mavjud bulib, ulardan 2 tasi "MRT TEXTILE" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasi va "TOSHBULOK TEKS" O’zbekiston - Rossiya mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo’shma korxonasi yirik korxonalar, 9 tasi "MIRISHKOR" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo’shma korxonasi, "GOLDEN SILK" Vetnam sho’ba korxonasi, Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi "TURBO PLAST PLUS" O’zbek-Xitoy qo’shma korxonasi, Mas`uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi "SOLAR ENERGY GRAND" O'zbek-Koreya qo'shma korxonasi, "AISHA HOME TEXTILE" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo’shma korxonasi, Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi "CHINA-NAMANGAN INDUSTRY" O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasi, Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi "VOLNA EKO" O’zbek-Polsha qo’shma korxonasi kichik biznes subyekti sanaladi.
Tumanda hozirda 325 ta fermer ho’jaliklari faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ishlovchilar soni 5000 tadan ortiqni, ularga jami biriktirilgan yer maydoni 15984 gektarni, shundan ekin maydoni 12772 gektarni tashkil etadi.
Fermer xo’jaliklaridan 177 tasi paxta va g’allachilikka, 44 tasi chorvachilikka, 3 tasi parrandachilikka, 74 tasi bog’dorchilik va uzumchilikka, 10 tasi kartoshka va sabzavotchilikka, 3 tasi o’simlikchilikni boshqa yunalishi(issiqxona)ga, 14 tasi baliqchilikka ixtisoslashgan.
Hozirgi kunda 1050 tadan ortik kichik korxona va xususiy firmalar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda 3500 dan ziyod kishi mehnat qilmoqda.
Qishloq xo’jaligi tuman iqtisodiyotining asosiy tarmog’i xisoblanadi. 2015 yil 6 oylikda dastlabki ma’lumotlarga ko’ra tumanda barcha toifadagi xo’jaliklarda dexkonchilik maxsulotlaridan 35970 tonna don, 9295 tonna kartoshka, 46290 tonna sabzavot, 801 tonna poliz mahsulotlari, 5917 tonna meva, 610 tonna uzum yetishtirilishi kutilmoqda. Chorvachilik maxsulotlaridan 3701 tonna go’sht, 19005 tonna sut, 27950 ming dona tuxum ishlab chiqarildi.
Namangan tumani qishloq ho’jaligi ekinlaridan asosan paxta yetishtirishga ixtisoslashgan bo’lib, jami paxta maydonlari umumiy ekin yerining 50 foizidan ortig’ini tashkil etadi. Yetishtirilgan paxta hosilini Namangan - 3 sonli paxta tozalash korxonasida va Mirishkor MCHJ qo’shma korxonasida qayta ishlanadi.
Tumanda bozor munosabatlarini shakllantirish bilan birga aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish, aholini toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlashni yaxshilash, ijtimoiy sohalarni isloh qilishga karatilgan bir qator chora-tadbirlar va dasturlar ishlab chiqilgan bo’lib, hozirda ularni bajarilishini ta’minlash bo’yicha zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.