Template created by Joomla 1.6 templates and the best poker webpages: party poker bonus code and best poker sites.

Muqaddas ziyoratgohlar

O’N BIR AHMAD  ZIYORATGOHI

      

Mamlakatimizda  mustaqillikka erishilgandan so’ng milliy va diniy  qadryatlarimiz  qayta  tiklandi. Uning  borobarida  yurtimizda  yashab o’tgan  aziz avliyolarning  qo’nim  topgan muqaddas qadamjoylar  ziyoratgoxlarga aylandi. Anna shunday  tabbaruk  joylardan biri tumanimizdagi  G’irvon qishlog’ida joylashgan «O’n bir Ahmad» ziyoratgohidur. Ushbu qadamjoy qishloqning   Shimoliy tomonida, Shimoliy  Farg’ona  kanalining kunchiqar yoqasidagi  katta bog’ning  yuqori qismiga joylashgan “O’n bir Ahmad” deyilganda, o’n bitta  avliyo  Ahmad bobolarning biri tushunilgan. Lekin ularning qaysi biri, qachon  bu erga dafn etilganligi  ma’lum emas. Rivoyatlarga qaraganda, bu joyning tarixi uzoq-uzoqlarga  borib  taqaladi.  Bu esa insoniyat ruxiy olamining  buyuk ustunlaridan biri-Xoja Axmad Yassaviy zotlaridir. Ulug’ shoir va mutafakkir  bobomiz Alisher Navoiy  bu zot xaqida shunday degan yedi» Xoja Axmad Yassaviy  Turkiston Mulkining shayxul–mashoyixidur. Maqomati oliy va mashxur, karomati  matovoliy va nomaxsur ermish. Murid va asxob  xoyatsiz va shoxu gado aning irodat  ixlos ostonida  nixoyatsiz  emish». Ana shulardan biri  G’irvon qishlog’ida bo’lib, asrlar dovomida  ezgu niyat yegalarining  aziz ziyoratgoxiga aylangan. Ul zotning qabri sobiq ittifoq mafkurasi zaminida “adashganlar” tomonidan buzib yuborilgan edi. Lekin asl nusxasi  saqlangan  Mustaqillikdan  so’ng qabr  shakli  qayta tiklanib, ta’mirlanadi. Bu ishiga  G’irvon qishloq  fuqorolar  yig’ini faollari bosh-qosh bo’lishdi. Maqbara gumbazi tevaragida  o’zbek va arab yozuvlarida katta xarflar bilan  «O’n bir Axmad maqbarasi», deb yozib qo’yilgan. Uning ichida avliyo otaning ramziy qabrlari ko’tarilib, ustiga mato yopib ko’yilgan. Maqbara atrofi daraxtzor, gulzor bo’lib, u chin ma’nodagi saylgoh hamdir. Oqin suv xam, oqava suv xam serobdir. Xavosi yoqimli bo’lib, u kishilarga orom baxsh etadi. Ushbu ziyoratgox viloyat «Oltin meros» jamg’armasi xisobiga  o’tqazilgan. Tabarruk qadamjoy to’g’risida g’irvonlik olimlar filologiya fanlari nomzodi  Tursunboy No’’monovning  «O’n bir Axmad ziyoratgoxi» nomli risolalarida  keng ma’lumotlar berilgan. Xullas, ushbu aziz dargox  el nazariga tushgan  tabarruk qadamjoylardan. Istiqlol sharofati bilan butun «O’n bir Axmad» ziyoratgoxi ziyoratchilar bilan gavjum. Bu yerda yetarli shart–sharoitlar yaratilgan. Ziyoratgox bir necha bor ta’mirlanib, obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Natijada bu yerga keluvchilarga yaratilgan  qulayliklardan foydalanib, emin-erkin  ibodatlarini  bajarmokda. Ular orasida qo’shni viloyatlardan kelgan  ziyoratchilarni uchratish mumkin.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                        

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                 BIBI MUSHKUL KUSHOD ZIYORATGOHI  

 

Mamlakatimiz mustaqillikka erishilgandan so’ng milliy  va diniy  qadriyatlarimiz qayta tiklandi. Buning barobarida  yurtimizda yashab  o’tgan aziz avliyolarning qo’nim topgan muqaddas qadamjolari ziyoratgohlarga aylandi. Ana shunday  tabarruk joylardan  biri tumanimizdagi  Qumqo’rg’on qishlog’ida joylashgan  Mushkul kushod  ziyoratgohidir. Mazkur qadamjo haqida batafsil  to’xtaladigan bo’lsak,uning tarixi asrga borib taqaladi.  

Sharq olami  xotin-qizlari orasida o’zbek ayollari o’ziga xos  nufuzi va obro’-etiborga ega. Ular azaldan uzlarining ilmu ma’rifatlari, xushfe’l, guzalligi, ibo-hayosi, mehnatsevarligi bilan tanilib, shuxrat qozongan. Ayniqsa, o’tmishda  yashab o’tgan shunday  momolarimiz borki, ular o’zlarining halol-pokliklari, taqvodorlik va xudojoyliklari  sababli valiylik  darajasi va martabasini topganlar. Ularning duolari  hamisha ijobat bo’lgan. Shuning uchun xam  “Valiylar xudo emas, xudodan judo emas”, degan naql qadimdan saqlanib kelgan. Ana shunday zotlarimizdan biri  Bibi  Mushkul kushod momo bo’lib, qabrlari tumanimizdagi Qumqo’rg’on  qishloq fuqorolar  yig’ini xududidagi  Bektemir maxallasida  joylashgan va qadim zomonlardan   boshlab  muqaddas mozor sifatida ziyorratchilar bilan gavjum bo’lgan. Bu fayzli mozorga  keluvchi ziyorratchilar asosan xotin-qizlar ekanligi bilan ajralib turadi va ular qabrlariga tugun bo’lib turgan qandaydir bir mushkullarining yechimini, muammolarining xal bo’lishini niyat qilib keladilar. Ziyoratchilarning aksariyati orzusiga yetadi ham. Shuning uchun bu mozorni “Bibi Mushkul Kushod” (mushkularini yechuvchi, xal qiluvchi bibi) mozori, deb ataladi.

Bibi Mushkul kushod momomiz xaqlarida xalq tilida kuplab rivoyatlar yuradi. Rivoyatlarga ko’ra, shu yaqin qishloqlarda yashaydigan bir kishi o’roq va arg’amchini yukotib, turmush qiyinchiliklarida najot qidirib, kun botib, qorong’u tushganda yo’lda bir xonaqo ichida nur taralayotganini ko’radi. U shu tarafka yetib kelib, unga nazar tashlaydi va Bibi Mushkul kushod ona o’tirganliklarini ko’radi. U izin so’rab ichkariga kiradi va o’z dardini Bibi onamizga aytadi. Onamiz unga arg’amchisi va o’rog’i yo’qolgan joyni aytib, topilgach, birinchi o’tinining pulidan bir tangani ajratib, sham, mayiz, paxta, shirmon non, olib xar chorshanba kuni mening xaqqimga mushkulkushod o’qib yuring, deya tayinlaydi. Boboning barcha narsasi topiladi va o’tinining sotgan pulidan onaning aytganlarini bajaradi va u odatga aylanadi.

Xo’sh, Bibi Mushkul kushod momo kim? Bu savolga xijriy 1332, melodiy 1914 yilda Mulla Mirza Axmad bin mirka Karim nomli kishi tomonidan Toshkent shaxrida nashr etilgan “Bibi Mushkul kushod” nomli risola javob beradi. Mazkur risolada keltirilgan ma’lumotlar rivoyat tarzida berilgan bo’lib, Bibi Mushkul Kushod xaqlarida to’liq tarixiy ma’lumotlar berilmasada momoning xayoti va faoliyati to’g’risida tasavvur xosil qilgudek jixatlarini o’z ichiga olgan. Risolada yozilishicha momo Baxoviddin Naqshbandiy xazratlarining xolalari bo’lgan va u zotning yullarini tutib valiliy darajasini topganlar. Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqib, Naqshband xazratlarining yashagan davrlarini Bibi Mushkul kushod momo yashagan davr bilan qiyoslasak, Bibi Mushkul kushod momo 14 asrda yashab o’tganlari ma’lum bo’ldi. Bibining qachon va qanday qilib tumanimiz xududiga kelib qolganlari va vafot etganliklari aniq emas. SHuningdek,bu aziz  momomiz to’g’risida “Bibi seshanba”, “Bibi CHorshanba” nomli risolalar xam nashr etilgan bo’lib, ularda udum va ziyorat qoidalari bayon etilgan.

Xamyurtimiz sharqshunos Axmad Ubaydulloxning takidlashlaricha, Mushkul Kushod ona mozorlari deyarli xar bir viloyatda mavjud. Bu yerga kelgan kishilar boshlariga tushgan turli savdolarga najot topish ilinjida ziyorat qiladilar, osh-ovqat pishirib, is chaqiradilar. Bu tabarruk mozor qadim zamonlardan boshlab ziyorat qilib kelinadi. Biroq shurolar davrida barcha mukaddas joylar katori ushbu mozor xam yopilib, ziyorat qilish taqiqlanib qo’yildi. Natijada yarim asrdan ziyod vaqt davomida qarovsiz va tashlandiq xolga kelib qoldi. Mustakilligimizning daslabki yillaridanoq mamlakatimizda milliy kadryatlarimizni asrab avaylash va kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish masalasi ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Xususan, tarixiy obidalar  yodgorliklarni  ayniqsa qadamjolarni  tadqiq qilish, ularni asl qiyofasiga  mos tarzda qayta  tiklash va ta’mirlash  bo’yicha keng ko’lamli ishlar  amalga oshirilayotir. Jumladan, Bibi  Mushkul kushod ziyoratgoxi xam boshqa qadamjolar  singari yana o’z qiyofasini  tikladi va musulmon  axli xam o’z e’tiqodini  oshkora ado etish uchun bu maskanga  muntazam kelmoqda. 

Bu joyda bir qabr bor  va uning atrofi  o’ralib, u yerni va qabrni ziyorat qilgani odamlar keladi.  Ziyoratgoxdagi  marosim  asosan seshanba  kuni tushdan keyin va chorshanba kunlari bajariladi. Shuning uchun xam “Bibi Mushkul kushod  yoki Bibi chorshanba” deb yuritiladi.   

Istiqlol sharofati bilan bugun” Bibi Mushkul kushod” ziyoratgoxi ziyoratchilar  bilan gavjum. Mozor obodonchiligi uchun  Qumqo’rg’on  qishloq fuqorolar yig’ini  mutasaddi sifatida  qator obodonchilik ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Momoning qabrlari kundan-kunga  obod bo’lib boryapti. Ziyoratchilar uchun  yetarli sharoitlar yaratilgan. Qadamjo bir necha bor ta’mirlanib, obodonchilik ishlari amalga oshirildi.  Natijada bu yerga keluvchilar yaratilgan qulayliklardan foydalanib, emin-erkin ibodatlarini bajarib, ruxlari poklanib,  yashash joylariga  qaytmoqdalar.  Zamonamizga shukronalar aytishib, muxtaram  Prezidentimizga va xukumatimizga  o’z minnatdorchiliklarini  bildirishmoqda. Ular orasida nafaqat viloyatimiz, balki boshqa viloyatlardan kelgan mexmonlar,xatto chet ellik  sayohatchilarni xam uchrtish mumkin.