Ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar

IJTIMOIYI-IQTISODIY KO'RSATKICHLAR

Tumanda doimiy  aholi soni 2015 yil 1 yanvar holatiga 216763 kishini tashkil etdi yoki 2014 yil boshiga nisbatan 2,2 foizga o’sdi.

Hukumatimiz tomonidan aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan tadbirlarning asosiy vazifalardan biri bu mehnatga layoqatli yoshdagi aholini ish joylari bilan ta’minlashdir.

Tumanda 72,5 ming nafar iqtisodiy faol aholi mavjud bo’lib, shundan 68,5 ming nafari mehnatda bandlar tashkil etadi.

«Bandlik» Dasturi va inqirozga qarshi qabul qilingan qarorlar doirasida 5772 ta yangi ish o’rni (reja 5740 ta) yaratildi.

Jumladan, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 2472 ta, uy mehnatini tashkil qilish hisobiga jami 2100 ta, yangi ob’yektlarni qurish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish hisobiga 383 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Xalq ta’limi, sog’liqni saqlash va madaniyat sohalarini rivojlantirishda ham sezilarli o’zgarishlar amalga oshirildi.

Xozirgi kunda tumanda 43 ta umumta’lim maktablari, 33 ta maktabgacha tarbiya muassasalari, 9 ta kasb-hunar kollejlari faoliyat ko’rsatmoqda.