An'ana va qadriyatlar

Qadriyatlarimiz qalbimizda    

 

“Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch ma’rifatdir.

Odamzod borki, avlod-ajdodi Vatanini tarixini bilishini istaydi. O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi.”

                                                                                                                             Islom Karimov

 

Darhaqiqat Mustaqilligimiz sharofati o’z dinimizni o’z erkimizni millatimiz va qadriyatlarimizni o’z qo’limizga qaytarib berdi. “Yomg’ir bilan yer ko’karur, duo bilan el ko’karur”–deydi dono xalqimiz. Keksalarimizni duosi ijobat bo’ladi inshoollox! Duolar ichida eng yaxshi ko’rgani “Iloyo yurt-elimiz tinch osmonimiz musafffo bo’lsin.” Xonadonlarimizda tinchlik va xotirjamlik bo’lsin.”–duosidir. Bir-birimizga “Assalomu aleykum” – Sizga tinchlik, omonlik  tilaymiz. Bu boshqa millatda yo’k. Yana maqollarimiz ham xalqimizning ruhiyati naqadar balandligini ko’rsatadi. “Qo’shning tinch-sen tinch” “Bir kun urush bo’lgan joydan qirq kun baraka ketadi”.

Keksalarimiz nabiralariga tinchlik haqida, uning qadr-qimmati to’g’risida, odamiylik, sahovatpeshalik , Ona-vatanga sadoqat, ota-onalarga hurmat kabi insoniy hislatlarini uqtirib borishadi. Onalarimiz allasida tinchlik, mehr-muhabbat, hayo-ibo kabi tuyg’ularni kuylashadi. Darhaqiqat odamga osoyishtalikdan tansiqroq, qadrliroq, azizroq ne’mat bormi? Yurt notinch bo’lsa to’y xursandchilik tatimaydi, yuragingizga xech narsa sig’maydi. Na uy-joy, boylik, amal-martaba deganday! Turmushingizdan xuzur-xalovat, mehr-oqibat, farog’at ko’tariladi.  Insonni aql-zakovati barqaror bo’lsa-chi?

Aql tarozisi ezgulikka xizmat qilsa, insonni dunyo va oxirat saodatiga eltuvchi aziz ne’mati, kadriyatlarimizni kadriga yetadigan bo’ladi.

 

Assalom Navro’z

 

Bizga ota-bobolarimizdan meros bo’lib kelayotgan umumxalq bayrami, “Navro’zi olam” bayramining o’tkazish bizga azalu azal qonimizga singib ketgan ulug’ bayramdir. Bu bayramni “Bo’yi bilan sochi teng kelinchak” deb ham yuritiladi. Chunki, 21 mart kuni kun bilan tunni teng ekanligi ta’riflanadi.

Darhaqiqat Navro’zim biz intiqib kutamiz necha?

Negaki, bizning ya’ni o’zbek xalqining qadimiy urf-odatlari, mamarosimlari, xalq og’zaki ijodlari kuylanadi, yoshlar tomonidan ijro etiladi.

Navro’z kunida gina adovat unitiladi, mehr-oqibat quyuqlashadi.       

 Gina –gudrat paytimas, arazni kuy ey, do’stim” – deya xitob kilinadi, ota-ona, karindosh urug’larning xolidan xabar olinadi. Navro’z bayramiga katta tayyorgarlik ko’riladi. Sumalak qaynatiladi. Doshqozondagi sumalak atrofidan yosh yalanglar qo’shiq, lapar baxru-bayt aytib ko’ngil yozishadi.

Sumalagim qozonlarda qaynaydi,

uni ko’rib, baxri dilim yayraydi.

Sumalagim dosh qozonni ko’rkisiz

Sumalagim, sumalagim, sumalak!!!

deya raqsga tushib, lapar aytishadi.

 

Yigitlar:                    Xay, xay o’lan o’lanchi qiz yor-yor.

                              Va’daga vafo qilmas, Yolg’onchi qiz yor yor

 

 Qizlar :                    Namanganning qizimiz

                              Qizlarjonmiz yor-yor

 

 Yigitlar :                  Og’a emas yor bo’lsak, Rozimisiz yor-yor,

                              Qish ham emas, kuz hammas

                              Yozimisiz yor-yor

 

  Qizlar :                   Namanganning sherlari,

                               degan bizmiz yor-yor

                               Ismi jismiga monand

                               Bo’lgan sizmi yor-yor

 

  Yigit va qizlar :         To’y bo’lsinu, to’y bo’lsin.

                               To’ylashaylik yor-yor.

                               To’yda yor-yor aytishib

                               Bo’ylashaylik yor-yor       

                               (karnay surnaylar bilan)

 

                                                          Milliy o’yinlar

 

1. Kurash, tosh kutarish, arg’imchoq tortish, uchirish, chikaldak , besh barmoq (shaftoli danagidan shiltoq kesak berkitar, tu-tu)

2. Xayun –chalak                                          

3. Oq terakmi, ko’p terak?

4. Uchib keldi, kelinchak!                            

Bundan tashqari ko’z bekitar, “Objuvozim dikka”, “Ovozimdan bilib ol”, kabilar, bolalar va yoshlarni epchillikka topqirlikka, tafakkur qilishga undaydi, sportga bo’lgan qiziqishi kuchayadi.