Template created by Joomla 1.6 templates and the best poker webpages: party poker bonus code and best poker sites.

E'lonlar va tanlovlar

Diqqat,tender tanlovi!

             Tuman qishloq va  suv xo’jaligi bo’limi va tender tanlovi o’tkazish tuman komissiyasi 2016yilda fermer xo’jaliklari o’rtasida avlodli urug’lik paxta yetishtirish huquqiga ega bo’lish uchun 2015 yil 30 dekabrdan boshlab tender tanlovi o’tkazilayotganligini e’lon qiladi.

                   Tanlovda quyidagilar e’tiborga olinadi:

      -dehqonchilik madaniyatining yuqoriligi;

      -ekin maydonlarining yuqori hosildorligi, yer boniteti 60 balldan yuqori ekanligi;

      -paxta tayyorlash rejasini surunkali oshirib bajarib kelayotganligi;

      -fermer xo’jaligida urug’chilik tajribasiga ega, malakali mutaxassis borligi va urug’chilik talablariga rioya etish majburiyligi;

      -etarli qishloq xo’jaligi texnikalarining mavjudligi;

      - suv ta’minotining yetarligigi;

       -fermer xo’jaligining moliyaviy holati;

       -tumanga talab etiladigan g’o’za navlarining yuqori avlod urug’lik hajmi va fermer xo’jaliklari paxta maydonlarining yirikligi ham hisobga olinadi.

      Tuman qishloq va suv xo’jaligi bo’limi qoshidagi maxsus komissiya  tomonidan fermer xo’jaliklaridan 2016 yil 31 yanvargacha  ariza va hujjatlar qabul qilinadi va e’lon berilgan kundan boshlab 20 kun muddatda tanlov o’tkaziladi. O’tkazilgan tanlov hujjatlari Respublika Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan maxsus tender tanlovi ishchi guruhi tomonidan ko’rib chiqish uchun taqdim etiladi.

       Tanlov natijasiga ko’ra g’olib, deb topilgan fermer xo’jaliklariga respublika komissiyasi tomonidan maxsus guvohnoma beriladi. Tender to’g’risidagi batafsil ma’lumotlarni viloyat g’o’za urug’chiligi birlashmasi yoki tuman qishloq va suv xo’jaligi bo’limidan olishingiz mumkin.

    Tender tanlovi tuman qishloq va suv xo’jaligi bo’limi binosida o’tkaziladi.                    

 

               Murojaat uchun telefon: 227-63-03, 303-52-32.

                                    Tanlov  komissiyasi.