Template created by Joomla 1.6 templates and the best poker webpages: party poker bonus code and best poker sites.

Oq yo’l, bitiruvchi

Namangan san’at kollejida bitiruvchiriga diplom topshirishga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tdi.

   Kollejda 565 nafar o’g’il-qiz san’atning o’n yetti yo’nalishi bo’yicha tahsil oladi. Joriy yilda 180 nafar o’quvchi kollejni tugatmoqda. Bitiruvchilarning 24 nafari o’qushni imtiyozli diplom bilan tamomladi.
   O’tgan 2013-2014 o’quv yili kollej jamoasi uchun e’tirofga molik natijalarga boy bo’ldi. Toshkent shahrida o’tkazilgan “Yosh ijrochilar” respublika tanlovida o’n yetti nafar o’quvchi g’oliblikni qo’lga kiritdi. Samarqandda bo’lib o’tgan “Barhayot an’analar” va “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika tanlovlarida ham faxrli o’rinlar bilan qaytildi.
   Ta’lim dargohining an’anaviy xonandalik kafedrasi o’quvchisi Gulasal Abdullaeva “Nihol” davlat mukofoti sohibi bo’ldi. Rossiyaning Suzdal shahrida uyushtirilgan “Oltin uzuk” xalqaro musiqa va san’at festivalida Maftuna Axrorova (1-o’rin), Abdulaziz Hamidxonov (2-o’rin) laureatlik diplomi bilan taqdirlandilar. Bu uch nafar bitiruvchiga O’zbekiston Davlat konservatoriyasiga imtiyozli kirish huquqi berildi.