Template created by Joomla 1.6 templates and the best poker webpages: party poker bonus code and best poker sites.

Polipropilendan noto’qima mato

Namangan shahrida faoliyatini yo’lga qo’ygan “Yan Namtekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatida xalq xo’jaligida ehtiyoj yuqori bo’lgan noto’qima matolar ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Ayni yo’nalish viloyat yengil sanoatchilari uchun yangilik emas. Biroq, mazkur korxonada joriy etilgan kompyuterlashgan texnologiya ixchamligi, tayyorlanayotgan mahsulot esa xalqaro andozalarga to’la javob berishi bilan ajralib turadi.

 

    Ta’sischilar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 300 ming AQSH dollari miqdorida sarmoya yo’naltirishdi. Ayni chog’da korxonada o’rnatilgan xorijning ilg’or texnologik uskuna va jihozlari yordamida bir kecha kunduzda 3 tonnaga yetkazib mahsulot tayyorlash mumkin. Xom ashyo sifatida polipropilen ushshoqlaridan foydalanilayotir. Bu yerda chiqayotgan noto’qima matoga ichki bozorda talab yetarli, masalan, tikuvchilik va poyabzal sohasida keng qo’llaniladigan bu ashyo ko’pchilik korxonalarda o’rov materiali sifatida ishlatiladi. “Yan Nam tekstil” faoliyati boshlashi bilan sakkiz kishi uchun mehnat o’rni yaratildi. Korxona mahsulotlari dastlabki kunlardonoq o’z xaridorini topayotir.